Farg'ona viloyati


saylov komissiyasi

enruuz

XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYATI KENGASHINING QARORI

    9 sentyabr, 2020 yil                                                       № VI-XVI/84-sonli qarori 1-Jomiy, 30-Xonobod va 40-Paxtakor saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati saylovini tayinlash to’g’risida          O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi Q A R O R  Q I L A D I : 1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining…

Umumiy baho

0

 

 

9 sentyabr, 2020 yil                                                       № VI-XVI/84-sonli qarori

1-Jomiy, 30-Xonobod va 40-Paxtakor saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati saylovini tayinlash to’g’risida

         O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi

1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi

Q A R O R  Q I L A D I :

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mazkur qarori bilan “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlanganligi inobatga olinsin.

3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 9 sentyabrdagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi qarori tasdiqlanganligi ko’rsatib o’tilsin.

4. Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi raisi T.Xoldorovning bo’shab qolgan o’rinlarga 2020 yil 11 oktyabr Yakshanba kuni saylov o’tkazish to’g’risidagi taklifi ma’qullansin.

5. 1-Jomiy, 30-Xonobod va 40-Paxtakor saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati saylovi 2020 yil 11 oktyabr Yakshanba kuni o’tkazilsin.

6. Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi (E.Nuraliyev) bo’shab qolgan o’rinlarga bo’lib o’tadigan saylovlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom hamda amaldagi qonunchilik asosida adolat va shaffoflikni ta’minlagan holda tashkil etilishini ta’minlasin.

7. Ushbu qaror Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashiga saylov o’tkazuvchi viloyat saylov komissiyasiga yuborilsin.

8. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

         

Xalq deputatlari Farg’ona

viloyati kengashining raisi                                          Sh.G’aniyev.

 

    9 sentyabr, 2020 yil                                                       № VI-XVI/84-sonli qarori 1-Jomiy, 30-Xonobod va 40-Paxtakor saylov okruglari bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati saylovini tayinlash to’g’risida          O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi Q A R O R  Q I L A D I : 1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga deputatlar saylovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining…

Umumiy baho

0

Muallif Saylov 2019

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*