Farg'ona viloyati


saylov komissiyasi

enruuz

Siyosiy partiyalar MSKga imzo varaqalarini taqdim etdi


Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Joriy yilning 10 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro Matbuot markazida mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar Saylov kodeksiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlar va saylovchilarning siyosiy partiyani saylovlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq mingta imzosi bo‘lgan imzo varaqalarini taqdim etdi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, saylov kampaniyasi e’lon qilingandan keyin barcha siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomalarni olib, saylovchilarning imzosini to‘plashga kirishganlar.

Saylov kodeksining 38-moddasiga muvofiq, saylovchilar bitta yoki bir necha partiyani qo‘llab-quvvatlab, imzo varaqalariga imzo qo‘yishga haqli.

Siyosiy partiyalarga ularni ushbu tartibda imzolarni to‘plashda imzo varaqalarini buzib qo‘yilishi, to‘liq to‘ldirilmasligini inobatga olgan holda qo‘shimcha imzo blankalar ham berildi.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazish tamoyilga ko‘ra, ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.

Bunda saylovchi imzo varaqasiga o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadi.

Imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi caylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishi uchun qirq ming va ko‘pi bilan 10 foiz qo‘shimcha imzolar siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladi.

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshirilib, tekshirish o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida siyosiy partiyalarga oldindan ma’lum qilinadi.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etadi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhi tuzilgan.

Ushbu guruh tarkibiga ichki ishlar va adliya organlarining xatshunos ekspertlari, mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etilgan.

Ekspert guruhi a’zolari imzo varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilganligiga, tuzatishlarga yo‘l qo‘yilganiga, o‘chirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan to‘ldirilganligiga, o‘xshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga e’tibor bergan holda har bir imzo varaqasini ko‘zdan kechiradi.

Vizual tekshiruvda nuqsonlar yoki shubhali holatlar aniqlangan taqdirda ushbu imzo varaqalari maxsus asboblar yordamida tekshirish uchun saralab olinadi.

Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi.

Siyosiy partiyalar tomonidan imzo varaqalaridagi kamchiliklar ikki kunlik muddatda bartaraf etilmasa yoxud qo‘shimcha imzo varaqalari taqdim etilmasa, barcha topshirilgan imzo varaqalaridan haqiqiy deb topilganlari inobatga olinadi.

Markaziy saylov komissiyasiga kamchiliklari bartaraf etilib (qo‘shimcha to‘planib), taqdim etilgan imzo varaqalari to‘liq tekshiriladi va ularning haqiqiy deb topilganlari aniqlanadi.

Muallif Saylov 2019

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*