Farg'ona viloyati


saylov komissiyasi

enruuz

Koreya Respublikasida trening

2016-yil 15-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Xabibullayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati katta referenti Z.Aslanovdan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saylovda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishdi. Trening Koreya Respublikasi Inchxon shahrida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) tomonidan tashkil etildi.

 

Uning ishida BSOAga 10ta a’zo davlat saylov organlarining 19 nafar vakillari qatnashdi. Dastur ingliz tilida amalga oshirildi. Trening dasturi doirasida saylovda AKTdan foydalanish masalalari bo‘yicha muayyan bilim va tajribaga ega bo‘lgan BSOA, Koreya Respublikasi davlat organlarining yetakchi mutaxassislari va ekspertlari hamda xorijiy universitetlarning professorlari o‘z ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdilar.

 

Trening davomida saylov jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning amaliy masalalari, shuningdek BSOAga a’zo davlatlarning saylovda AKTdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribasi muhokama etildi.

 

Trening samarali muloqot va fikrlar almashuvi ruhida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Muallif Saylov 2019

Sayt haqida fikr va mulohazalaringizni qayta aloqa formasi orqali kutib qolamiz!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*