Farg'ona viloyati


saylov komissiyasi

enruuz

Hamkorlik

Ochiqlik va oshkoralik saylovning muhim sharti

2016-yil 21-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Uzreport” axborot agentligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish to‘g‘risida ikki tomonlama bitimlar imzoladi.   Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.   “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.   Bitimlarni imzolashga bag‘ishlangan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov o‘tgan yillardagi saylov kampaniyalari mobaynida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha katta tajriba to‘planganini ta’kidladi.   Bitimlar saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli qoidalarini, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlar va ...

Davomi »

Koreya Respublikasida trening

2016-yil 15-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Xabibullayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati katta referenti Z.Aslanovdan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saylovda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning salohiyatini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishdi. Trening Koreya Respublikasi Inchxon shahrida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) tomonidan tashkil etildi.   Uning ishida BSOAga 10ta a’zo davlat saylov organlarining 19 nafar vakillari qatnashdi. Dastur ingliz tilida amalga oshirildi. Trening dasturi doirasida saylovda AKTdan foydalanish masalalari bo‘yicha muayyan ...

Davomi »